AsosiyJamiyat

YHXX chorrahalardagi “tuzoq” bo`yicha munosabat bildirdi

'YHXX chorrahalardagi “tuzoq” bo`yicha munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan yo`llarga o`rnatilgan kameralar oldida qoidabuzarlikka olib keladigan sharoitlar atayin yaratilayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Toshkent shahridagi chorrahalarda tadbirkorlar tomonidan o`rnatilgan yo`l harakati qoidabuzarliklarini qayd qiluvchi kameralar bilan bog`liq vaziyat to`g`risida haydovchilar orasidagi norozilik holatlari bo`yicha Yo`l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) bayonot berdi.

"Oxirgi kunlarda Toshkent shahridagi chorrahalarda tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan o`rnatilgan yo`l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi foto va video texnik vositalarining faoliyati to`g`risida bir qator lavhalar tarqatilib, munosabat bildirilmoqda. Mazkur lavha va munosabatlarda keltirilgan holatlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan o`rganilib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, o`rganishlar davomida lavha va munosabatlarda keltirilgan holatlarga ob`ektiv baho berish, yo`l infratuzilmasi hamda texnik vositalarning holatini qayta ko`rib chiqish, chorrahalarda yo`l harakatini to`g`ri tashkil etish maqsadadi IIV JXD Yo`l harakati xavfsizligi xizmati, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligining mas`ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

"Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan chorrahalarda yo`l harakati qanday tashkil etilganligi (yo`l belgilari va ko`rsatkichlari to`g`ri o`rnatilganligi, yo`l chiziqlari chizilganligi va boshqalar), chorrahalardagi texnik vositalarning holati qaytadan o`rganib chiqilmoqda. Ishchi guruh tomonidan o`tkazilayotgan o`rganishlar natijalari bo`yicha qo`shimcha axborot taqdim etiladi", deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar