AsosiyJamiyat

Xususiy OTMlarda pedagogik yo`nalishda sirtqida o`qilsa, diplom tan olinmaydimi? Vazirlik aniqlik kiritdi

'Xususiy OTMlarda pedagogik yo`nalishda sirtqida o`qilsa, diplom tan olinmaydimi? Vazirlik aniqlik kiritdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo`nalishlarga sirtqi o`quv shakliga qabul to`xtaganini, shuning uchun ham bu yo`nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o`qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o`rtasida turlicha talqin qilinmoqda. Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tarqalgan xabarlargan aniqlik kiritdi.

Unga ko`ra, prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o`quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta`lim muassasalarining 14 ta ta`lim yo`nalishi bo`yicha faqat sirtqi ta`lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro`yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta`lim shakllari bo`yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta`lim tashkilotlariga qabul qilish bo`yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta`lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta`lim yo`nalishlari tasdiqlangan. Bular:

  1. Boshlang`ich ta`lim
  2. Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi
  3. Musiqa ta`limi
  4. Jismoniy madaniyat
  5. Texnologik ta`lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, prezident qarorida ko`rsatilgan 14 ta ta`lim yo`nalishi bo`yicha sirtqi ta`lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta`lim tashkilotlariga taalluqli bo`lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o`tgan yilgi qabullar bundan mustasno).

Biroq, ushbu yo`nalishlarning kunduzgi va kechki ta`lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

    Boshqa yangiliklar