AsosiyDunyo

Kreml Prigojinning o`limiga aloqadorligini rad etdi

'Kreml Prigojinning o`limiga aloqadorligini rad etdi'ning rasmi

"Vagner" asoschisi Evgeniy Prigojin bortida bo`lgan samolyotning qulashi bilan bog`liq vaziyat atrofida ko`plab taxminlar mavjud, faktlarni kutish kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi.

Jurnalistning Kremlning Prigojin samolyotining urib tushirilishiga aloqadorligi va bu qotillik ekanligi haqidagi G`arb versiyasiga izoh berish so`raganida Peskov “hammasi yolg`on”, deb javob berdi.

“Endi, albatta, ushbu aviahalokat atrofida, samolyot yo`lovchilarining, jumladan Evgeniy Prigojinning fojiali o`limi atrofida ko`plab taxminlar bor. Albatta, G`arbda bu taxminlarning barchasi ma`lum bir burchak ostida taqdim etiladi. Bularning barchasi mutlaqo yolg`on. Bu masalani yoritishda siz hali ham faqat faktlarga asoslanishingiz kerak. Ularning soni hali ko`p emas, chunki hozirda olib borilayotgan tergov harakatlari davomida ularga aniqlik kiritilmagan. Kecha prezident tergov natijalarini kutayotganini aytdi”, — dedi u.

Ma`lum qilinishicha, so`nggi paytlarda Putin Kremlda Prigojin bilan uchrashmagan.

Kreml matbuot kotibi, agar Prigojinning o`limi tasdiqlansa, Putin dafn marosimida ishtirok etadimi, degan savolga ham javob bera olmadi. Uning ta`kidlashicha, tergov bilan bog`liq zaruriy ekspertiza va kerakli harakatlar qancha davom etishi hozircha ma`lum emas.

“Shuning uchun, hozir, dafn marosimining sanalari va hokazolar bo`lmaganda, bu haqda umuman gapirish mumkin emas. Aytishim mumkin bo`lgan yagona narsa shundaki, prezidentning hozir juda band ish jadvali bor ", - dedi Peskov.

Eslatib o`tamiz, 23 avgust kuni Tver viloyati, Bologovskiy tumani, Kujenkino qishlog`i yaqinida samolyot halokatga uchradi. Yo`lovchilar ro`yxatida Evgeniy Prigojin ham bor edi.

    Boshqa yangiliklar