“Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to`g`risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan ayrim turdagi sohalarda 15 yoshga to`lmaganlarga ham ishlashga ruxsat berildi.
Ro`yxatda 219 ta “engil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlarining, televidenie, radioeshittirish muassasalarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.
Mazkur ro`yxatda ko`rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to`lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog`lig`iga va ma`naviy kamol topishiga ziyon etkazmasligi, ta`lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.






