O`zgidromet kuzda kutilayotgan ob-havo prognoz ma`lumotlarini e`lon qildi.
Sentyabr
Oylik havo harorati ko`p yillik o`rtacha iqlimiy me`yordan 1-1,5 daraja yuqori kelishi, bir so`z bilan aytganda, oy issiqroq bo`lishi prognoz qilinmoqda. Yog`inlar me`yor atrofida va me`yordan kam bo`lishi mumkin.
Oktyabr
Sinoptiklar mazkur oyda oylik o`rtacha havo harorati respublika bo`ylab iqlimiy me`yor atrofida bo`lishini ma`lum qilgan. Oyning ikkinchi yarmidan birinchi "sovuq urish" hodisasi ro`y berib, ba`zi hududlarda tunda havo harorati -2 darajagacha pasayib ketishi ogohlantirilgan. Yog`inlar me`yor atrofida va undan ko`proq bo`lishi ta`kidlangan.
Noyabr
Oy davomida havo harorati me`yor atrofida, ammo yog`inlar me`yordan biroz kam, kuzning so`ngi oyi biroz quruqroq o`tishi kutilmoqda.
Hozirda uzoq muddatli ob-havo prognozlarining yuqori ishonchli usullari mavjud emas, shuning uchun mavsumiy prognozlarni maslahat tarzida qabul qilish tavsiya etiladi.
26.08.2023 09:46
Kuz oylarida O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi






