“Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O`zbekiston xalqaro mukofotini ta`sis etishni qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.
Qarorga asosan:
- YuNESKO bilan hamkorlikda sun`iy idrok sohasida odob-axloqni targ`ib etish orqali ilmiy muloqotni rag`batlantirish bo`yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O`zbekiston xalqaro mukofoti ta`sis etiladi;
- Parijdagi (Fransiya) YuNESKO bosh qarorgohida 2023 yil 4–8 sentyabrda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag`ishlangan xalqaro ko`rgazma va tadbirlar o`tkaziladi.
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Ko`rgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo`lyozmalar nusxalaridan iborat Ko`rgazmaga bag`ishlangan maxsus katalog ingliz va o`zbek tillarida chop etiladi.
26.08.2023 11:53
Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O`zbekiston xalqaro mukofoti ta`sis etiladi






