AsosiyJamiyat

Jizzahda 12 ta minorali osma dor yo`li ochildi

'Jizzahda 12 ta minorali osma dor yo`li ochildi'ning rasmi

Zominda osma dor yo`li va avtoturargoh foydalanishga topshirildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qishinishicha, Zomin tumanida turizmni rivojlantirish uchun “Zomin” turistik-rekreasion zonasi direksiyasi faoliyati yo`lga qo`yildi va Zomin tumani hududida turistik zona tashkil etish uchun 2 007 gektar er maydoni ajratilishi belgilandi.

“Zomin” turistik-rekreasion zonasining rejasiga muvofiq hududda dastlabki qiymati 2,8 trln.so`m bo`lgan obektlar,  225 o`rinli Anjumanlar saroyi,  oilaviy ko`ngilochar markaz, 4 ta to`rt yulduzli mehmonxonalar, 7 ta uch yulduzli mehmonxonalar, 5 ta yo`nalishda zamonaviy dor yo`llari,  6 ta apartament uylar, 7 ta restoran va kafelar, 8 km uzunlikdagi tog`-chang`i uchish trassalari va 13 ta yozgi attrasionlar qurilishi rejalashtirilgan.

Kuni kecha “Zomin” turistik-rekreasion zonasi hududida qad ko`targan zamonaviy dor yo`lini va ko`p qavatli avtoturagoh ham foydalanishga topshirildi.

“Zomin” osma dor yo`lining uzunligi 2 640 metr bo`lib, 12ta minorali 11dona ustundan tashkil topgan. Shu bilan birga, 11-sonli eng baland minoraning balandligi 35 metrni, erga qadar eng katta masofa esa 74 metrni, dor yo`lining eng katta qiyaligi 42 gradusni tashkil etadi.

Quyi stansiyaning dengiz sathidan balandligi 1961,1 metrni, yuqori stansiyasi esa 2490,6 metrni,stansiyalar o`rtasida balandlik farqi 529,5 metrni tashkil etadi.

Dor yo`lida mijozlarni tashish uchun “Porshe” studiyasida ishlab chiqilgan zamonoviy dizayndagi 36 ta kabina taqdim etilgan.  Maksimal o`tkazish qobiliyati (bir tomonlama) soatiga 1 200 nafar mijozlarni qabul qilish quvvatiga ega.

Shuningdek, mijozlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqasadida, dor yo`lining pastki stansiya hududida yig`ma metall konstruksiyalardan foydalangan holda 400 o`rinli, 5 qavatdan iborat avtoturargoh ham qurib bitkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar