1

Go`zalligimiz siri... juda oddiy!

Shou-biznes 21.10.2016, 11:09
Teglar: Aktrisa, Go`zallik
Go`zalligimiz siri... juda oddiy!

Mushtariylaramiz tahririyatimizga qo`ng`iroq qilib, «Nega san`atkor ayollarning hammasi chiroyli, qomatlari ham a`lo darajada? Sirlarini bizga ham o`rgatishsin», deya so`rashdi. Mashhur ayollarimiz bilan bog`lansak, qarangki, hammasi oddiy ekan. Ishonmaysizmi, marhamat, o`zingiz ham tanishing. 

«Chaqqon bo`ling, to`lishmaysiz!»


Rayhon ULASENOVA, aktrisa:
— Soch, yuz, teri parvarishi uchun alohida vaqt ajratib, nimadirlar qilishga, to`g`risi, vaqtim yo`q. Doim yugur-yugurlar bilan bandman. Ro`zg`or ishlarining o`zi ham bir fitnesdek gap. Shuning uchunmi, qomatim bilan bog`liq muammom yo`q. Go`zallik borasida faqat bir qoidaga amal qilaman. Pardoz vositalari, kremlarning kislorod bilan boyitilgan turini tanlayman. Pardoz-andozdan charchagan yuzim biroz nafas olsin deyman-da. Sochlarimga esa arganiya moyidan surtaman. Bu ularni mustahkamlab, o`stiradi, qazg`oqlardan xalos etadi, jilolantiradi.

«Kam-kamdan tez-tez»

Dilnoza KUBAEVA, aktrisa: — Men hadeb kosmetlogga yuguradiganlardanmasman. Uyda tuxum sarig`iga zaytun yog`i, asal va limon sharbati qo`shib (quruq yuz terisi uchun), niqob tayyorlayman. 15 daqiqaga yuzimga surtib, keyin ko`k choy bilan yuvib tashlayman. Yuz terimni ko`pincha moychechak damlamasi bilan artaman. Qaymoq va qatiqni aralashtirib ham ishlataman. Sochlarimga kelsak, oyda ikki-uch marta ularga piyoz sharbati surtaman. Bu to`kilishining oldini oladi. Ularni sun`iy bo`yoqlar emas, xna bilan bo`yayman.

Ovqatlanishda me`yorga amal qilaman. Kam-kamdan tez-tez ovqatlanish ortiqcha yog`lar hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.

«O`smada gap ko`p!»

ShODIYoRA, raqqosa: — Har hafta qoshlarimga va kipriklarimga o`sma qo`yaman. O`zbekona go`zallik siri bu. Kechki payt esa qoshlarim va kipriklarimni maxsus tozalovchi vosita bilan artaman. Yana bodom yog`i surtish ham juda foydali. Yuz parvarishi uchun esa meva va sabzavotlardan qilingan tayyor niqoblarni ishlataman. 

«Tug`ruqdan so`ng sportchiga aylandim»

Sevara SOLIEVA, aktrisa: — Tug`ruqdan keyin semirib ketmaganim hammani hayron qoldirayapti. Qomatimda o`zgarishlar bo`ldi, albatta. Hozir parhezlar ham tutolmayman. Qorinni ketkazish uchun press mashqlarni bajarayapman, iloji boricha ichkariga tortib yuribman. Go`zallik bo`yicha esa muhim qoidaga amal qilaman: yuzimga nimadir toshsa, unga qo`lim bilan tegmayman. Bu MUMKINMAS! Har kuni uxlashdan avval oziqlantiruvchi kremlardan foydalanaman.

«Pardoz bilan uxlamang!»

Dildora RUSTAMOVA, teleboshlovchi: — Maxsus vositalar yoki niqoblardan foydalanmayman. Vaqt masalasi muammo. Ammo hech qachon makiyaj bilan uxlamayman. Ayollarga ham tavsiyam shu. Kechki payt pardozdan yuzni tozalab, maxsus tungi krem surting. Ertalab ham kunduzgi kremdan foydalaning. Shartmas deya, bee`tibor bo`lmang. Ular tarkibida yuzni himoyalovchi moddalar mavjud. Yana bir gap, ertalablari yarim soat yugursangiz, «Voy, to`lishib qolibman» jumlasini unutasiz.

«Jonimning huzuri — yoga»

MANZURA, xonanda: — To`rt yildan buyon yoga bilan shug`ullanaman. Har kuni 2 soat vaqt ajrataman. Xizmat safarlariga ham maxsus gilamchasiz bormayman. Bu nafaqat qomat uchun foydali, balki asablarni ham tinchlantirib, salomatligingizni mustahkamlaydi.

«Ishtahamni xafa qilmayman»

Oyxon IFORZODA, xonanda: — Sochlarimga xantalli niqob ishlataman. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq xantal va 2 osh qoshiq qatiqni aralashtirib, soch ildizlariga surting. Yarim soatdan so`ng shampun bilan yuving. Bu niqob soch tolalarini mustahkamlab, o`stiradi. 

Ishtaham karnay bo`lgani uchun shirin eguliklarin ko`rsam, qomatim haqida o`ylab ham o`tirmayman. Shu sabab doim sport mashg`ulotlariga qatnashib, haftada ikki marta parhezli kun e`lon qilaman. Masalan, sut mahsulotlari, mevalar bilan chegaralanaman, xolos.

«Vitaminli ukollar qarishdan asraydi!»

Jamila G`OFUROVA, aktrisa: — Kechqurun 1 soat yayyov yurardim, yugurardim. Oxirgi paytlarda buning uchun vaqt topolmaganim sabab biroz vaznim to`lishgandek. Sochlarimga rahmim keladi, ular bo`yoqlar sabab kuygan. Endi chora sifatida zardob bilan muntazam chayaman. Yuz parvarishi masalasida erinchoqlik qilmaslik kerak. Oddiy sharti, masalan, salat tayyorlay turib, bodringni surtib olish ham ancha foydali. Keyin yuz terisiga vitaminli ukollar olishning hech xavfli tomoni yo`q. Bu muolaja ularni erta qarishdan, ajinlardan asraydi.

«Nam sochni taramang!»

ShIRIN, xonanda: — Sochlarim uzunligi va mustahkamligiga ko`pchilik havas qiladi. Ularga doim bodom, kanakunjut yog`i surtaman, tuxumli niqoblar qilaman. Qatiq bilan yuvish ham samarali. Keyin hech qachon nam payti taramayman. Chunki ko`p to`kiladi va sinib qoladi tolalar. Avval yaxshilab quritib, keyin tarayman. Yuzlarimni esa sutda chayishga odatlanganman. 

MUXLISA tayyorladi.

Sharhlar

"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
ShOKOLADLI NIQOB

25.12.2017, 11:33

Shokoladni maydalang, 5 osh qoshiq shokoladga, yarim stakan asal qo`shib, 4 osh qoshiq tuz soling. Uqalovchi harakatlar bilan bu niqobni teringizga pastdan yuqoriga qarata surtib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1