AsosiyJamiyat

Bugundan donalab sigaret sotish bo`yicha taqiq kuchga kirdi

'Bugundan donalab sigaret sotish bo`yicha taqiq kuchga kirdi'ning rasmi

Bugun, 2023 yil 26 avgust kuni O`zbekistonda "Alkogolli va tamaki mahsulotlarining tarqalishi va iste`molini cheklash to`g`risida"gi qonun kuchga kirdi.

Yangi qonunga muvofiq O`zbekistonda quyidagilar taqiqlanadi:

— ko`cha sotuvchilarining faoliyati;

— maxsus jihozlangan savdo nuqtalaridan tashqarida tamaki mahsulotlarini sotish;

— yorliqsiz tamaki mahsulotlarini sotish;

— sigaretlarni «donalab» sotish;

— tamaki mahsulotlarini 21 yoshga to`lmagan shaxslarga sotish.

Mazkur talablar «Alkogolli va tamaki mahsulotlarining tarqalishi va iste`molini cheklash to`g`risida»gi qonunda belgilab o`tilgan.

Yangi qonun 6 ta bob va 45 moddadan iborat bo`lib, qator yangiliklarni o`z ichiga oladi. Hujjatda asosiy tushunchalar doirasini sezilarli darajada kengaytirildi va avval bozorda taqdim etilmagan bir qator yangi turdagi mahsulotlarga ta`riflar berildi.

Bu tamaki va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va qonuniy muomalada bo`lish jarayonlarini yanada batafsil tartibga solish, shu orqali sanitariya-gigiena hamda boshqa texnik me`yorlar va qoidalarga rioya etilishini ta`minlash imkonini beradi.

Yangi qonun ushbu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi 20 dan ziyod davlat organlarining huquq, burch va majburiyatlari hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste`molini cheklash bo`yicha faoliyatini aniq belgilab beradi. Bular IIV, soliq organlari, bojxona organlari, Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi (MQQ), O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va boshqalar.

Ushbu qonun qonuniy sigaret bozorini tartibga solishga, shuningdek, tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosini kamaytirishga yordam berishi kerak.

Zero, sigaret kontrabandasi bilan bog`liq vaziyat nihoyatda halokatlidir. Birgina 2023 yilning 7 oyi mobaynida davlat byudjeti 400 mlrd. so`m yo`qotgan. Kontrabanda darajasi bo`yicha etakchi o`rinlarni Farg`ona vodiysi – 47.3% va Toshkent shahri – 18.3% egalladi. O`zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasining umumiy ulushi 24.8% ni tashkil etadi.

Yangi qonun ko`cha savdosini tugatilishiga yordam berishi kutilmoqda. Chunki, tamagir savdogarlar o`z mijozlaridan hujjat so`ramaydi va tamaki mahsulotlarini voyaga etmaganlarga sotadilar.

    Boshqa yangiliklar