Davlat tomonidan chorvadorlarga har bir bosh nasldor qoramol uchun 2 million so`m subsidiya beriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Chorvachilik mahsulotlari etishtiruvchi xo`jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so`m, nasldor qo`y va echkining har bir boshiga 400 ming so`m miqdorida subsidiya ajratiladi.






