"Ummon" guruhining sobiq solisti Zohid Risqiev navbatdagi operasiyani boshdan kechirdi. Bu haqda uning rafiqasi Kamola Ortiqova o`zining Instagram sahifasida ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, xonanda 23 avgust kuni tibbiy ko`rikdan o`tgan va 25 avgust kuni uning ahvoli ancha yaxshilangani sabab nafas olishga yordam beruvchi trubani olib tashlash amaliyoti o`tkazilgan.
Ta`kidlanishicha, Zohid bu truba bilan 8 oy yurgan. Operasiyadan so`ng xonandaning ahvoli ancha yaxshi ekanligi aytilmoqda. Ammo hozircha unga 5 kun gapirish mumkin emas.
Eslatib o`tamiz, Zohid Risqiev Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet savdo markazi yaqinida BMW mashinasida katta tezlikda boshqaruvni yo`qotib, YTHga uchragan edi. Natijada bir kishi halok bo`lgandi.






