Andijon viloyatida 27 avgust kuni soat 03:11 da zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Episentri Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida bo`lgan er silkinishi magnitudasi 4 ball, chuqurligi 15 kilometr bo`lgan.
Uning sezilish kuchi
- Jalaquduq tumanida 3 ball,
- Qo`rgontepa, Xo`jaobod, Andijon tumanlarida 2-3 ball,
- Buloqboshi, Xonobod tumanlari va Andijon shahrida 2 ballni tashkil etdi.






