AsosiyDunyo

O`zbek palovi Stokgolmda bo`lib o`tgan ko`rgazmada eng yaxshi milliy taom deb topildi

'O`zbek palovi Stokgolmda bo`lib o`tgan ko`rgazmada eng yaxshi milliy taom deb topildi'ning rasmi

Joriy yilning 25 avgust kuni Stokgolm diplomatlar assosiasiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Shvesiyadagi elchixonasi binosida “Food and Beer” milliy taom va ichimliklar ko`rgazma yarmarkasi o`tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Gresiya, Islandiya, Latviya, Meksika, Slovakiya, Buyuk Britaniya, O`zbekiston, Chexiya, Shvesiya, Estoniya, Yaponiya va Avstraliya/Yangi Zelandiyaning diplomatik vakolatxonalari o`zlarining milliy taomlari va ichimliklari bilan ishtirok etishdi.

O`zbekiston vakillarining har yili o`tkazilib kelinadigan ushbu madaniy ko`rgazmadagi ilk qatnashuvi tadbir intirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Yarmarka yakunlari bo`yicha O`zbekistonning Shvesiyadagi elchixonasi “eng yaxshi milliy taom” yo`nalishi bo`yicha faxrli birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilar tomonidan O`zbekistonning milliy taomlari (osh, somsa, qovun va hoqazo) juda yuqori baholandi.

Tadbir davomida shved biznes vakillari bilan O`zbekiston mahsulotlarining Shvesiyaga eksportini yo`lga qo`yish masalasini ishlab chiqish bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar