AsosiyJamiyat

Surxondaryoda futboldan keyin hakamlar kaltaklandi

'Surxondaryoda futboldan keyin hakamlar kaltaklandi'ning rasmi

Kecha, 26 avgust kuni O`zbekiston ikkinchi ligasi Surxondaryo birinchiligida "Surxon Farm" 1:1 "Jarqo`rg`on" jamoalari o`rtasidagi uchrashuvdan so`ng hakam va futbolchilar o`rtasida janjal yuzaga kelgan. Bu haqda Surxondaryo IIB Axborot xizmatining Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, chempionlik uchun kurashayotgan Jarqo`rg`onliklar hujum vaqtida uchrashuvni to`xtatganligi uchun hakamga e`tiroz bildirishgan. Janjal milliy gvardiya xodimlari tomonidan to`xtatilgan.

Jabrlanuvchilarning arizalari qabul qilinib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar