Toshkent viloyatida 2 ta yuk mashinasi va "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Joriy yilning 27 avgust kuni soat taxminan 03:30 larda Toshkent viloyati Angren shahar hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan A-373 avtomobil yo`lining 183 kilometrida haydovchi 1985-yilda tug`ilgan Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi J.J. “Shacman” rusumli yuk avtotransport vositasini boshqarib ketayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1995-yilda tug`ilgan Namangan viloyatida yashovchi M. O`. boshqaruvidagi "Cobalt" va 1989-yilda tug`ilgan Farg`ona viloyatida yashovchi T.S. boshqaruvidagi “VOLKSWAGEN CRAFTER” rusumli yuk avtomashinalari bilan to`qnashib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.
Shundan so`ng ushbu yuk avtomobili yo`l chetida harakasiz turgan “Man” rusumli yuk avtomobiliga urilib to`xtagan.
Ushbu yth natijada 2 nafar haydovchi va bir nafar yo`lovchilar tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Angren shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






