AsosiyJamiyat

Namanganda instabloger "Sevinchka" sheriklari bilan bir nechta ayolni "samosud" qildi (video)

'Namanganda instabloger "Sevinchka" sheriklari bilan bir nechta ayolni "samosud" qildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Instabloger "Sevinchka" tahallusidagi shaxs o`zining sheriklari bilan birovning uyiga bostirib kelib, ro`moldagi qizni ro`mollarini echib onasini va o`zini samosud qilgani aks etgan video tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohrux G`iyosovning Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 21 avgust kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida sodir bo`lgan.

Mazkur janjalni uyushtirgan shaxslar aniqlangan va ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik)ning 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar