AsosiyJamiyat

Toshkentda ekoyugurish musobaqasi o`tkazildi (video)

'Toshkentda ekoyugurish musobaqasi o`tkazildi (video)'ning rasmi

Bugun Toshkentda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tomonidan "ProRun" yugurish maktabi bilan hamkorlikda ekologik yugurish – "UZPLOGGING" o`tkazildi.  

Jamoatchilik e`tiborini atrof-muhitning plastik bilan ifloslanishi muammosiga jalb qilish, mamlakatimiz aholisi o`rtasida sog`lom turmush tarzi va yugurishni targ`ib qilish, Qoraqalpog`istondagi yovvoyi hayvonlarni sug`orish joylari uchun geomembranaga qayta ishlash uchun plastmassa yig`ish, mamlakat aholisini, jumladan, yosh avlodni plogging bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Bugun erta tongda ishtirokchilar "Ekopark"dagi qabul punkti hududida jam bo`lishdi va bir vaqtning o`zida plastik chiqindilarni to`plashga kirishdilar.  

“Ushbu aksiya orqali biz 400 mingdan ortiq ishtirokchilar orqali 500 ming. tonnadan ortiq chiqindilarni yig`ib olishga muvaffaq bo`ldik”, — dedi ekologiya vaziri o`rinbosari Jusipbek Kazbekov.

Tanlovda har bir ishtirokchi topshirgan plastik chiqindi og`irligini o`lchashda tarozilar qo`llanildi. Tashkilotchilarning shartlarini bajargan barcha ishtirokchilarga qayta ishlangan plastikdan tayyorlangan medal, futbolka va pul mukofoti berildi.

    Boshqa yangiliklar