Guvohlarning so`zlariga ko`ra, zilzila shu qadar kuchli bo`lganki, odamlar oyoqda arang turishgan.
NHK telekompaniyasiga zarar etkanligi haqida ma`lumotlar bor, qo`shni binoning tomlariga zarar etgan.
Er osti silkinishlari 47 dan 31 ta prefekturada sezildi.
Xavfsizlik maqsadida bir qator tumanlarda elektrpoezdlar harakati to`xtatildi.
Zilzila magnitudasi haqida ma`lumot yo`q.
Yaponiya milliy meteorologik agentligining ma`lumotlariga ko`ra, zilzila kuchi etti balli shkalada 6 ballni tashkil qilgan.





