AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro aeroportida “svet” o`chib qoldi

'Toshkent xalqaro aeroportida “svet” o`chib qoldi'ning rasmi

Qo`yliqdagi podstansiyada yuz bergan nosozlik sabab aeroportda elektr ta`minoti o`chib qoldi. Lekin zaxira manbalaridan foydalanib, parvozlar davom ettirildi.

Toshkent xalqaro aeroportida bugun mahalliy vaqt bilan soat 22:09 da Qo`yliqdagi podstansiyasida ro`y bergan avariya tufayli elektr ta`minotida uzilish yuz berdi.

Bir necha soniya ichida zaxira manbalardan parvozlarni ta`minlovchi obektlar: uchish-qo`nish yo`laklari, havo harakatini boshqarish moslamalari, radionavigasiya uskunalari quvvati tiklandi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar berdi. 

Shuningdek, mahalliy aviakompaniyalarning kelish terminali va terminali zudlik bilan zaxira manbalariga o`tkazildi. 15 daqiqa ichida soat 22:24 da xalqaro aviakompaniyalarning jo`nash terminalida elektr ta`minoti tiklandi.

Soat 22:40da Qo`yliqdagi podstansiyasida yuz bergan avariya bartaraf etilib, poytaxt aeroportida elektr ta`minoti to`liq tiklandi.

    Boshqa yangiliklar