AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim joylarida "svet" o`chdi

'Toshkentning ayrim joylarida "svet" o`chdi'ning rasmi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida 28 avgust kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
Bektemir tumani: “Nurliyo`l” va “Gulbog`” MFYlarining ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar