AsosiyJamiyat

Yoz hali davom etmoqda... "O`zgidromet" harorat ko`tarilishi haqida xabar qildi

'Yoz hali davom etmoqda... "O`zgidromet" harorat ko`tarilishi haqida xabar qildi'ning rasmi

Sinoptiklarning ogohlantirishi asosida, O`zbekiston hududi bo`yicha kecha ob-havoning keskin o`zgarishi kuzatildi.

Respublika bo`yicha barcha joylarda yomg`ir yog`di, ba`zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi qayd etildi. Kunduzgi harorat 5-10 darajaga pasaydi.

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, ammo yoz hali davom etmoqda. Bugun ertalab respublika hududi bo`yicha (eng chekka sharqiy hududlardan tashqari) yomg`ir yog`ishi to`xtadi, osmon bulutlardan tozalana boshladi va quyosh nurlari havoni tezda isitdi. Bugun kunduzi harorat 23-28 daraja atrofida bo`ladi. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida bugun bulutli ob-havo saqlanib turadi, ayrim hududlarda yomg`ir yog`adi.

Ertaga O`zbekiston hududining katta qismida quruq, kam bulutli va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati 29-32 darajagacha ko`tariladi. Faqat O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga nam havoning yangi qismi tarqala boshlaydi, Qoraqalpog`iston Respublikasining ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin.

30 avgustda respublika bo`yicha ba`zi joylarda, 31 avgustda kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`ladi.

31 avgustda kunduzi va 1 sentyabrda O`zbekistonning barcha hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 25-30 daraja atrofida bo`ladi.

29 avgustda shimolda, 30-31 avgust kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda: 28 avgust va 29 avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

30 avgustda, shuningdek kechasi va ertalab 31 avgustda qisqa mmuddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31 avgustda kunduzi va 1 sentyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 28 avgustda 24-26 daraja, 29-31 avgust va 1 sentyabrda 25-30 daraja bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar