O`zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Prezidentning bu haqda tegishli farmoni 27 avgust kuni e`lon qilindi.
Unga ko`ra, ushbu shaxslar O`zbekiston iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko`p yillik samarali mehnati, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini ta`minlash, Yangi O`zbekistonni barpo etish, uning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori va nufuzini yuksaltirish, inson qadrini ulug`lash kabi ezgu maqsadlar yo`lidagi katta xizmatlari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilg`or innovasion texnologiyalarni joriy etish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishga qo`shgan munosib hissasi, jamiyatda ma`naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Xususan, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasining Markaziy kengashi raisi Ulug`bek Inoyatov “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofotlangan orasida 100 yoshdan oshgan fuqarolar ham bor. Ularning 14 nafari “Shuhrat” medaliga loyiq ko`rildi:
- Akimniyazova Bibixan — Taxtako`pir tumani, Qoraqalpog`iston Respublikasi;
- Alikulov Abdi — Yangier shahri, Sirdaryo viloyati;
- Boboqulov Abir — Uzun tumani, Surxondaryo viloyati;
- Dusanova Chimiri — G`uzor tumani, Qashqadaryo viloyati;
- Zkriyaeva Sidika — Karmana tumani, Navoiy viloyati;
- Malikov Turg`un — O`zbekiston tumani, Farg`ona viloyati;
- Matyakubova Shukur — Xonqa tumani, Xorazm viloyati;
- Norqo`zieva Salamat — Baliqchi tumani, Andijon viloyati;
- Tangriev Turaqul — Qorako`l tumani, Buxoro viloyati;
- Turaeva Anzirat — Parkent tumani, Toshkent viloyati;
- Usmanova Irisban — Yunusobod tumani, Toshkent shahri;
- Shamsieva Marziya — Tayloq tumani, Samarqand viloyati;
- Shermatova Oyxumar — G`allaorol tumani, Jizzax viloyati;
- Yuldasheva Koromat — Mingbuloq tumani, Namangan viloyati.
Mukofotlangan davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarining to`liq ro`yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.






