AsosiyJamiyat

O`zbekistonda so`nggi 7 oyda elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi

'O`zbekistonda so`nggi 7 oyda elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi'ning rasmi

Statistika agentligining ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 7 oyda eng ko`p Xitoydan elektromobil import qilgan.

O`zbekiston 2023 yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSh dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

7 oyda eng ko`p elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 6 898 ta

— Gonkong – 376 ta

— Germaniya – 64 ta

— Koreya – 18 ta

— BAA – 16 ta

— AQSh – 11 ta

    Boshqa yangiliklar