AsosiyJamiyat

“Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”

'“Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yangi o`quv yili arafasida maktab ta`limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda. 

Keyingi yillarda “Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g`oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirildi.

O`tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribamizda bo`lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o`quv qo`llanmalari yaratildi.

Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo`ldi. 

Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me`mori, muhandisi bo`lgan hurmatli o`qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

Chunki o`qituvchiga e`tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta`lim-tarbiyasiga e`tibor, degani. O`qituvchining obro`si oshsa, maktabning obro`si oshadi, ilmning, ta`lim-tarbiyaning qadri ko`tariladi. 

Shu sababli, muallim va o`quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta`lim sifatini oshirishga alohida e`tibor qaratayapmiz”, - dedi davlatimiz rahbari yig`ilish avvalida.

    Boshqa yangiliklar