O`tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi.
Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o`zida 350 ming yangi o`quvchi o`rinlariga talab bor.
So`nggi yillarda 70 ming o`rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018 yilgacha jami 30 ta bo`lgan).
Toshkent shahri va Farg`onada xususiy maktablar salmog`i qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qo`shimcha 150 ming o`quv o`rniga ehtiyoji bo`lgan Samarqandda bor-yo`g`i 6 ming 300 o`rinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.
Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash to`g`risida bosh qotirishi kerakligi ko`rsatib o`tildi.
Masalan, maktablarni ta`mirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard so`m ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag` bermagan.
28.08.2023 17:14
31 ta tuman va shaharda hokimlar maktab ta`miri uchun pul bermagan






