AsosiyJamiyat

Yuqori sinfda o`qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqartiriladi

'Yuqori sinfda o`qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqartiriladi'ning rasmi

Yuqori sinfda o`qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e`lon qilindi.

Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo`lgan 10-11 sinf o`quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o`qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo`lish istagidagi o`quvchilarga esa maktabning o`zida tayyor mutaxassis bo`lib etishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo`lga qo`yish topshirildi. Kelgusi o`quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o`tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o`zgarishi ta`kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi. 

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so`m ajratildi, boshlang`ich sinflar uchun to`liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlang`ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to`liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

    Boshqa yangiliklar