AsosiyJamiyat

Endilikda o`qituvchilar ishga tanlov asosida qabul qilinadi

'Endilikda o`qituvchilar ishga tanlov asosida qabul qilinadi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari o`qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish haqida so`z yuritar ekan, o`qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi ham to`liq o`zgarishini qayd etdi.

Har yili maktablarda 8 ming o`qituvchi ishga qabul qilinadi, yangi maktablar hisobiga yana shuncha o`qituvchiga ehtiyoj paydo bo`ladi.

Bundan buyon o`qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo`ladi. Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o`qituvchi-stajyor bo`lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo`ladi. 

Kelgusida bu tizim barcha o`qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi. 

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, endilikda o`qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.

Ya`ni, malaka oshirishdan oldin o`qituvchining bilimi diagnostikadan o`tkaziladi va natijasiga ko`ra individual kasbiy rivojlanish yo`nalishlari belgilanadi.

Bunda muallimning bilim ko`rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo`yicha o`zi o`qigan oliygohga reklamasiya (e`tiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho bo`ladi. Past natija ko`rsatgan o`qituvchilar an`anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini ta`mirlash va jihozlash bo`yicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.

    Boshqa yangiliklar