AsosiyJamiyat

Maktab direktorlari va o`rinbosarlarining oyligi oshiriladi

'Maktab direktorlari va o`rinbosarlarining oyligi oshiriladi'ning rasmi

Yig`ilishda kelgusi o`quv yilidan kadrlar etishmaydigan, og`ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinishi belgilandi.

Ya`ni, kelgusi yillardagi talabni hozirdan aniqlab, zarur mutaxassisliklar bo`yicha muallimlarni oldindan tizimli tayyorlash yo`lga qo`yiladi.

Maqsadli buyurtma asosida o`qituvchilarni tayyorlash to`liq davlat grantiga o`tkaziladi. Kelgusi o`quv yili uchun pedagogika oliygohlarining qabul kvotalarini belgilashda ushbu yangi tartib nazarda tutiladi. 

Maktab ta`limida boshqaruv tizimi ham o`zgaradi.

Joriy yilda direktorlikka nomzodlarni o`qitish va bilimini baholashni amalga oshiruvchi “Direktorlar maktabi” tashkil qilindi. Maktabda ta`lim jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa nufuzli xorijiy hamkorlar tajribasi asosida yo`lga qo`yiladi.

Endi direktorlikka nomzodlar faqat sertifikati bor va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlanadi va muddatli kontrakt asosida ishga olinadi.

Direktorlar va o`rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikasiyadan o`tadi. Sertifikasiyadan o`ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Iqtisodiyot va moliya, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirliklariga kelgusi yildan sertifikasiyadan o`tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o`rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo`yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar