Prezident Shavkat Mirziyoev yig`ilishda o`quvchi o`rinlarini ko`paytirishga alohida to`xtaldi.
Kelgusi yilda Investisiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so`m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o`quvchi o`rni yaratiladi.
Bunda asosiy e`tiborni 2 koeffisientdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga qaratish zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan 61 ta kollej binosi o`rnida maktablar tashkil qilinadi. Bu ham qo`shimcha 42 ming o`quvchi o`rni, degani.
Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o`quvchi o`rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.
Xususiy sektorga qo`shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o`quvchi o`rni tashkil qilinadi. Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.
Yangi maktab qurish uchun er maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.
Umuman, bu ishlar orqali kelgusi yilning o`zida 250 ming yoki o`tgan yilga nisbatan 2 karra ko`p o`quvchi o`rni yaratiladi.
28.08.2023 18:41
Kelgusi yilda Investisiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so`m ajratiladi - Prezident






