AsosiyJamiyat

️Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish mumkin emas?

'️Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish mumkin emas?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi raisi o`rinbosari Nurmat Atabekov maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish taqiqlangani haqida ma`lumot berdi.Unga ko`ra:

“Umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional ta`lim muassasalarida o`quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”ga ko`ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

  • Go`sht qo`shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);
  • Sun`iy ta`m, hid beruvchi moddalar, bo`yoqlar, aromatizatorlar qo`shilgan qandolat mahsulotlari;
  • Sun`iy konservantlari bo`lgan “kirieshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;
  • Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;
  • Veterinariya nazoratidan o`tmagan go`sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;
  • Tashqi qavati toza bo`lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;
  • Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o`zgargan, yorlig`i bo`lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har-xil turdagi   konservalar;
  • Turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;
  • Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);
  • Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog`idan tayyorlangan hamda kalla go`shti ruletlari, o`pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;
  • Pasterizasiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo`lbola qatiq, epizootik noxush xo`jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizasiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo`lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;
  • Qo`ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Kvas;
  • Xom dudlangan go`shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;
  • Sirka, xantal, xren(erqalampir), o`tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o`tkir ziravorlar;
  • O`tkir ta`mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;
  • Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;  
  • Pazandalik moylari, cho`chqa yog`i, margarin va boshqa gidrogen yog`lar;
  • Danakli mevalarning mag`zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);
  • Okroshka va sovuq sho`rvalar, yog`da qovurilgan tuxum, pashtet, go`sht va tvorogli quymoqlar.

Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo`lishi taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar