Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanlarida gaz ta`minoti qisman to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtning Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanlari gaz ta`minoti tizimida ta`mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining ba`zi mahalla va ko`chalarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
Yunusobod tumanida 29 avgust soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- «Yurtobod» MFYda qisman;
- «Shoshtepa» MFYda qisman;
- Uvaysiy MFYda qisman.
Mirzo Ulug`bek tumanida 29 avgust soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- Boytepa ko`chasida;
- Xudoyor ko`chasida.
Bektemir tumanida 29 avgust soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- Buzovchi ko`chasida;
- Turkiston ko`chasida;
Bektemir tumanida 29 avgust soat 14:00 dan 17:00 gacha:
- Billur ko`chasida;
- Ixlos ko`chasida.






