AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qatar bilan iqtisodiy shartnomalar imzoladi

'O`zbekiston Qatar bilan iqtisodiy shartnomalar imzoladi'ning rasmi

Prezident "Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida"gi ikkita qarorni imzoladi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar beradi.

Hujjatlar bilan 6 iyun kuni Samarqand shahrida imzolangan O`zbekiston va Qatar hukumatlari o`rtasida quyidagi kelishuvlar tasdiqlandi:

— investisiyalarni o`zaro rag`batlantirish va himoya qilish to`g`risida;

— daromad solig`iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish va soliq to`lashdan bo`yin tovlashning oldini olish to`g`risida.

Investisiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi, shuningdek, Soliq qo`mitasi xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan so`ng Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga hujjatlar bandlari ijrosini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar