O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.
"O`zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Gruziya Elchisi Zurab Abdushelishvili janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. –Janob elchiga ikki tomonlama aloqalarimizga aniq natijalar bilan qo`shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz hamda tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizga bo`lgan samimiy qiziqishini yuksak qadrlaymiz".
Eslatib o`tamiz, Zurab Abdushelishvili 2019 yil may oyida ishonch yorliqlari nusxalarini TIVda topshirgan edi. U elchi Konstantin Jgentining o`rniga tayinlangan.






