AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik yosh rahbarlarning yillik Top-40 reytingi yangilandi

'O`zbekistonlik yosh rahbarlarning yillik Top-40 reytingi yangilandi'ning rasmi

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda O`zbekistonning 40 yoshgacha bo`lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini e`lon qildi.

Bu yilgi reytingning farqli jihati shundaki, rahbarlar ro`yxatiga nafaqat davlat xizmatchilari, balki nodavlat sektor vakillari ham kiritildi. Jumladan, Xalqaro press-klub raisi Jaloliddin Usmonov, O`zbekiston Milliy media assosiasiyasi Bosh direktori Abduaziz Abutolipov, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova, “Zamin” xalqaro jamoat fondi direktori Tamila Alieva reytingdan joy oldi.

Shuningdek, reytingga birinchi marta quyidagilar kiritildi:

  • Adilbek Allanazarov (35 yosh) — Qoraqalpog`iston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri;
  • Bobur Bekmurodov (38 yosh) — “Yuksalish” umummilliy harakati raisi;
  • Murod Ismoilov (40 yosh) — yoshlar siyosati va sport vaziri o`rinbosari;
  • Oybek Hamroev (40 yosh) — investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o`rinbosari;
  • Rasul Zarikeev (38 yosh) — Qoraqalpog`iston Respublikasi turizm va madaniy meros vaziri;
  • Umid Mamadaminov (40 yosh) — energetika vaziri o`rinbosari;
  • Shuhrat Xudoyqulov (39 yosh) — “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi;
  • Sherzod Rabiev (40 yosh) — adliya vaziri o`rinbosari.

Umuman olganda, bugungi kunda 21 nafar vazirdan 8 nafari (38 %i) – 35 yoshdan 45 yoshgacha, 5 nafari (24 %i) – 46 yoshdan 50 yoshgacha, 3 nafari (14%i) – 51 yoshdan 55 yoshgachadir. Mahalliy hokimiyat organlarining tarkibi ham sezilarli darajada yangilandi. Yaqinda o`tkazilgan tadqiqot shuni ko`rsatdiki, O`zbekistonda hokimlarning o`rtacha yoshi 46 yoshni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar