AsosiyJamiyat

"Tuman hokimi hazillashgan bo`lishi mumkin"

'"Tuman hokimi hazillashgan bo`lishi mumkin"'ning rasmi

Buxoroning G`ijduvon shashligi geografik ko`rsatkich sifatida ro`yxatdan o`tgani (patentlangani) haqida xabar bergan edik. Unda Tuman hokimi endi kim bu nomdagi shashlikni pishirmoqchi bo`lsa, hokimiyatdan ruxsat olib, to`lov qilishi kerakligini aytgandi. Adliya vazirligining Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, buning uchun hech qanday ruxsat va to`lov shart emas, hokim hazillashgan bo`lishi mumkin. 

Ma`lum qilinishicha, viloyatda birinchi bo`lib davlat ro`yxatidan o`tkazilgan ushbu geografik ko`rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya`ni G`ijduvon tumani hokimligiga guvohnomada ko`rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi.

Guvohnoma viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari Sh.Bahronov tomonidan G`ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurovga topshirildi.

Ma`lumot uchun, tovarni muayyan geografik ob`ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikasiyalovchi belgi geografik ko`rsatkich deb atalib, unda tovarning sifati, nom qozongani yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog`liq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar