AsosiyJamiyat

Xitoy O`zbekistonga yangi temiryo`l qatnovini yo`lga qo`ydi

'Xitoy O`zbekistonga yangi temiryo`l qatnovini yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Xitoy O`zbekistonga yangi temiryo`l qatnovini yo`lga qo`ydi. Bu haqda   Spot Sinxua agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 29 avgust kuni China Railway Beijing Group kompaniyasining yuk poezdi Xubey provinsiyasi Chjanjiaku shahridan Toshkentga jo`nab ketdi. 14 ta konteyner platformasidan iborat tarkibda avtomobil ehtiyot qismlari, maishiy texnika va to`qimachilik mahsulotlari olib kelinmoqda.

Poezd yo`nalishi Qozog`iston bilan chegaradagi Xorgos quruq porti orqali o`tib, taxminan 15 kun ichida Toshkentga etib kelishi kutilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, yangi yo`nalish mintaqada yuk tashishni rivojlantirishda muhim qadam bo`ladi. Chjanjiaku shahridagi temiryo`l va avtomobil yo`llari tutashuvi negizida yangi multimodal logistika markazi yaratish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar