Prezidentning «Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, maktab ta`limi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib umumiy o`rta ta`lim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi.
Yangi tahrirdagi maktab ustaviga quyidagi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda:
- «Ta`lim to`g`risida»gi qonun, prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi;
- maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);
- maktab ta`limida raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko`rsatish;
- sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro`yxatlarini shakllantirish tartibi;
- o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish;
- inklyuziv ta`lim jarayonlari.
Ustavda maktab ma`muriyati (direktor va o`rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi. Barcha maktab ma`muriyatlari mazkur namuna asosida maktab ustavlarini yangilab olishi hamda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazishi kerak.






