”Ijtimoiy fikr” RJFO`M tomonidan O`zbekiston fuqarolari o`z hayotidan qoniqadimi, mazmunida jamoatchilik fikri so`rovi o`tkazildi.
So`rovda qatnashgan fuqarolarning aksariyati - 74,1foiz hayotdan va ishlarning hozirgi holatidan juda mamnun.
- 13,7 foiz asosan qoniqishlarini aytishdi;
- har o`ninchi respondent “qisman qoniqishini“ bildirdi.
So`rovnomada qatnashgan o`zbekistonliklar o`zlarining o`tgan yildagi moddiy ahvoli va moliyaviy holatini baholay turib, fuqarolarning aksariyati – 66,1foizi yaxshilanishlarni qayd etdi, 27,5 foizi fuqarolar u avvalgidek yaxshi darajada qoldi deb hisobladi.






