AsosiyJamiyat

“Yangi O`zbekiston” bog`iga olib boruvchi yo`l ham 2 kunga yopiladi

'“Yangi O`zbekiston” bog`iga olib boruvchi yo`l ham 2 kunga yopiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi O`zbekiston” bog`ida bayram tadbiri o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sabab bog`ga olib boruvchi ko`chaning bir qismida transport qatnovi 2 kunga to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Poytaxtning Maxtumquli-Ohangaron shoh ko`chasidan, Yangi O`zbekiston - 4P12 yo`li kesishgan chorrahasigacha bo`lgan hudud 31 avgust va 1 sentyabr kunlari soat 19.00 dan 22.00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida yopiladi. Bu davr mobaynida ushbu ko`chada faqatgina bayram tadbiriga qatnashadigan piyoda yo`lovchilar harakatlanishi mumkin.

Xabarga ko`ra, Toshkent viloyatining quyidagi tumanlaridan keluvchi mehmonlarga 4R12 yo`li bo`ylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtga kirish tavsiya etiladi:

•  Yuqori Chirchiq;
•  Quyi Chirchiq;
•  O`rta Chirchiq;
•  Parkent. 

Bo`stonliq, G`azalkent va Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlarga esa Chirchiq shahri orqali Yuzrobod ko`chasi bo`ylab Temur Malik ko`chasi orqali kirishlari tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar