Joriy yilning 30 avgustdan 31 avgustga o`tar kechasi dunyo aholisi “Moviy oy” deb ataladigan juda kam uchraydigan hodisaga guvoh bo`ladi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, odatda har bir oyda faqat bir marta to`lin oy hodisasi kuzatiladi, ammo 2023 yil avgusti bundan mustasno, ya`ni ushbu oyda sayyoraning tabiiy yo`ldoshi ikki marta to`lin bo`ladi. Birinchi oy 2023 yil 1 avgust tunida to`lgan bo`lsa, ikkinchisini bugun, 31 avgustga o`tar kechasi soat 04:37 da ko`rish mumkin bo`ladi.
Shuningdek, o`sha vaqtda Oy Erga nisbatan eng yaqin nuqtasida, 357 344 kilometr masofada joylashganida “Superoy” deb ataladigan hodisa ham sodir bo`ladi. Oyning Erga maksimal yaqinlashishi bugun, 30 avgust kuni kuzatilmoqda, ushbu tartib tufayli to`lin oy yanayam yorqinroq va kattaroq ko`rinadi.
“Biz kamdan kam kuzatiladigan hodisaning guvohiga aylanamiz, ya`ni “Moviy superoy” – 2023 yildagi eng katta to`lin oy, yo`ldosh fazasining oy orbitasi perigeiyasi bilan eng yaqin mos kelishi sodir bo`ladi. Bu hodisalar o`rtasidagi farq 9 soat 45 daqiqani tashkil qiladi”, deb tushuntiradi Moskva planetariysi mutaxassislari.






