Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportining havo hududi yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shu sababli Uzbekistan Airways’ning quyidagi aviaqatnovlari zaxiradagi aeroportlarga yo`naltirildi:
HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga
HY9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga
HY9613 reysi esa Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga
"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz!" - deyiladi xabarda.






