AsosiyJamiyat

O`zbekistondan Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonnalik gumanitar yordam yuborildi

'O`zbekistondan Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonnalik gumanitar yordam yuborildi'ning rasmi

Joriy yilning 26 avgusti og`irligi taxminan 12 tonna bo`lgan gumanitar yuk Belgorod viloyatining Shebekinskiy tumani aholisiga etkazildi. Yukda bolalar va kattalar kiyim-kechaklari va poyabzallari, dori-darmonlar, shuningdek, birinchi sinf o`quvchilari uchun maktab to`plamlari mavjud. Insonparvarlik yordami O`zbekiston Respublikasining davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari orqali amalga oshirildi. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda xabar berdi.

Rossiya tomoni O`zbekiston rahbariyati va uning fuqarolariga ikki mamlakat o`rtasidagi mustahkam do`stlik an`analariga, har tomonlama strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning yuksak darajasini aks ettiruvchi, yurakdan chiqqan ushbu xayrixohlik uchun chuqur minnatdorlik bildiradi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar