Navoiy viloyati Konimex tumanida hokim Ruslan Ro`ziev o`ziga o`zi jarima jazosi tayinlagani haqida xabarlar tarqaldi. Konimex tuman hokimligi tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, ushbu axborot asossiz bo`lib, jarima tayinlash bo`yicha biror hujjat qabul qilinmagan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu turdagi asossiz axborotlarga ishonmaslik so`ralgan. Tarmoqlarda tarqalgan xabarda hokim o`ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani va xizmat vazifalariga loqaydlik bilan qaragani qayd etilgandi.






