AsosiyJamiyat

Ikki oy oldin 3 yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi ozod qilindi

'Ikki oy oldin 3 yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi ozod qilindi'ning rasmi

Urganch shahrining uch yil muddatga qamalgan hokimi ikki oy o`tib ozod qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov OAVga ma`lumot bergan.

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati ushbu jinoyat ishinining sobiq hokim Sh.A.ga oid qismini sudlangan Sh.A.ning advokatlari tomonidan asossiz sudlangani va uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo`qligi sababli unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish haqidagi kassasiya shikoyatlari hamda Xorazm viloyat prokurori tomonidan aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va yetkazilgan moddiy zarar qoplanganini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlash haqida keltirgan protest asosida kassasiya tartibida ko`rib chiqdi.

Oliy sud kassasiya instansiyasining 29 avgustdagi ajrimiga muvofiq yuqoridagi sud qarorlari o`zgartirilib, sudlangan Sh.A. aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va ish bo`yicha yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda to`liq qoplaganini inobatga olgan holda unga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shu tariqa, protest to`liq, shikoyatlar esa qisman qanoatlantirildi. Sh.A. jazoni ijro etish joyida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar