Shavkat Mirzaev bayram nutqida jamiyatda ayollarning o`rni haqida to`xtalib o`tdi.
"Buyuk ma`rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat ta`biri bilan aytganda, “xotin-qizlar – bu millat onalaridir”. Ular millatning yangi nasli – farzandlarini tarbiyalash uchun o`zlari ham yuksak bilimli bo`lishlari zarur.
Shunday ekan, oldimizda turgan yana bir muhim vazifa – jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Hurmatli xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o`rni va nufuzini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini, kasb sohasi bo`yicha o`sishini ta`minlash borasida o`tgan davrda ko`p ishlarni amalga oshirdik. Shu bilan birga, bu yo`nalishda qiladigan ishlarimiz ham oz emas.
Ma`lumki, muhtarama ayollarimiz zimmasida xizmat sohasidagi vazifasidan tashqari, farzandlar tarbiyasi, oilada sog`lom muhitni mustahkamlash, axloqiy-ma`naviy an`analarni davom ettirishdek murakkab vazifalar ham bor. Shunday ekan, mehribon opa-singillarimizni har qancha qo`llab-quvvatlasak, arziydi.
Mana, bu yil oiladagi zo`ravonlikka qarshi qonunni qabul qildik. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad – oilalar mustahkamligini, ayollarimizning baxti va himoyasini ta`minlashdir. Biz bu yo`nalishdagi ishlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz" dedi Prezident






