AsosiyJamiyat

Har qanday muammoning echimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta`limdir — Shavkat Mirziyoev

'Har qanday muammoning echimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta`limdir — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda nutq so`zlab, mamlakatda ta`lim sohasini rivojlantirish birinchi galdagi ustuvor vazifa ekanini qayd etdi.

Prezidentning so`zlariga ko`ra, ta`limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erishib bo`lmaydi. Har qanday muammoning echimi ham, ertangi kunni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta`limdir. 

Biz mutafakkir zotlarning: “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli-saodatli qilishdir. Bu maqsadga esa ilm va yaxshi axloq yordamida erishiladi”, degan hikmatli so`zlarini o`zimiz uchun dastur deb bilamiz. Ma`lumki, biz bir yil avval taraqqiyotimizning 5 ta asosiy yo`nalishini belgilab olgan edik. Unda ta`lim sohasini rivojlantirish birinchi galdagi ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan.

Men doimo ta`lim, ta`lim, muallim, muallim, deb ta`kidlashim bejiz emas. Chunki ta`limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz. Har qanday muammoning echimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta`limdir.

2022 yili mamlakatimizda 72 ta yangi maktab qurildi, 279 tasi kapital ta`mirdan chiqarildi, 514 ta maktab esa rekonstruksiya qilindi. Maktablar uchun 30 mingdan ortiq kompyuter xarid qilindi. Yangi o`quv yilidan respublikamiz maktablarida xorijdan maxsus taklif etilgan 500 nafar ingliz tili mutaxassislari bolalarimizga dars beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ilg`or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi dastur va darsliklar bo`yicha o`qiy boshlaydilar.

Xuddi shu kabi sog`liqni saqlash, biznesni rivojlantirish, sud tizimini takomillashtirish hamda suv va yoqilg`i-energetika muammolarini hal etish yuzasidan katta loyihalar boshlangan. Yana bir bor ta`kidlayman: ushbu belgilangan ustuvor yo`nalishlar bizning doimiy e`tiborimiz markazida bo`ladi, — deydi prezident o`z nutqida.

    Boshqa yangiliklar