AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi

'Saida Mirziyoeva AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoeva 31 avgust kuni Qo`shma Shtatlarning O`zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o`zaro munosabatlarni yana kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida O`zbekiston delegasiyasining AQShga bo`lajak tashrifi bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Jonatan Xenik AQSh O`zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiq ekanini tasdiqladi.

"Amerika tomoni O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo`llab-quvvatlashi, iqtisodiyot, ta`lim, sog`liqni saqlash kabi turli sohalarda aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan o`zaro manfaatdor ekanligini bildirib, AQSh mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqladi", deb yozdi Saida Mirziyoeva.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar