AsosiyJamiyat

Kaltaklangan o`qituvchi Umida Tursunova ishi shaxsan viloyat hokimi nazoratiga olindi

'Kaltaklangan o`qituvchi Umida Tursunova ishi shaxsan viloyat hokimi nazoratiga olindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug`bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori Umida Tursunovaning holidan xabar olish uchun tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga bordi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bergan tashxislariga ko`ra Umida Tursunovaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi ko`plab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala ko`z yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish diagnozi qo`yilgan.

Umida Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxasislari tomonidan konsultasiya qilinib, zarur tibbiy yordamlar ko`rsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror. Uni RShTYoIM viloyat filialiga ko`chirish chorasi ko`rilmoqda. 

Viloyat hokimi Umida Tursunovaga shikast etkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to`laqonli davolanishini o`z nazoratiga olganligini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, maktab direktori U.T. maktab o`qituvchisi D.K.ning dars soatlarini asossiz ravishda kamaytiriganligi sababli turmush o`rtog`i Y.M. tomonidan urib, engil tan jarohati etkazilgan. 

    Boshqa yangiliklar