AsosiyJamiyat

AQSh davlat kotibi O`zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi (video)

'AQSh davlat kotibi O`zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi (video)'ning rasmi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken rasmiy Vashington nomidan O`zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Tabrik matni 31 avgust kuni Davlat departamenti rasmiy saytida e`lon qilindi.

“Amerika Qo`shma Shtatlari hukumati nomidan O`zbekiston xalqini 1 sentyabr - Mustaqillik kuni bilan tabriklayman”, deyiladi matnda.

Entoni Blinkenning qayd etishicha, 32 yil davomida AQSh va O`zbekiston hamkorligi O`zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga umumiy sadoqat asosida qurilgan. 

“Bugun biz ushbu strategik sheriklikni mustahkamlash, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, xalqlar o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilishga intilish kabi muhim yo`nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni nishonlaymiz. 

O`zbekiston Markaziy Osiyo taraqqiyotining markazida bo`lib kelgan va biz uning mintaqaviy tinchlik, farovonlik va xavfsizlikka sodiqligini yuksak qadrlaymiz. O`zbekiston xalqiga ushbu muhim kunda eng ezgu tilaklarimni yo`llayman”, deyiladi tabrikda.

Davlat kotibi AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan masalalarga echim topish, mamlakatlar o`rtasida mustahkam do`stlik va ishonchni mustahkamlashga intilishini bildirdi.

Bundan tashqari, AQShning O`zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik ham O`zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabriklab video taqdim etdi. Ahamiyatlisi, u o`z tabrigini o`zbek tilida bayon etgan. 

 

    Boshqa yangiliklar