Kecha, 31 avgust kuni O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida Xalkaro Haykaltaroshlik simpoziumining rasman ochilishi e`lon kilindi. Simpozium O`zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o`zgarishi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi hamda O`zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Simpozium mavzusi: Inson va tabiat, iqlim o`zgarishi, yashil makonlarni saqlab qolish, Orolni kayta tiklashdir.
Mazkur simpoziumdan ko`zlangan maqsad - aholining ekologik madaniyati va atrof-muhit ob`ektlarini, tarixiy-madaniy meros obidalarini saqlash. Mahobatli haykallar shaharning istirohat bog`lari, dam olish maskanlari, ko`ngilochar va sayyohlik maskanlarda o`rnatilib, shahar va uning me`morchiligiga estetik go`zalik baxsh etadi.
Mamlakatimizda haykaltaroshlik simpoziumlarni o`tkazish yaxshi an`anaga hamda, muhim madaniy voqeaga aylanib bormoqda. Ushbu loyiha ikkinchi marotaba o`tkazilayotgan bo`lib, birinchi bor 2022 yil avgust oyida Samarqandda o`tkazilgan edi. Unda 7 nafar xorijiy va 5 nafar o`zbek haykaltaroshlari ishtirok etgandi. Bu safar loyihada 10 nafar xorijiy va 11 nafar o`zbekistonlik ijodkorlar ishtirok etmoqdalar.






